Imkoniyati nazoratdan o‘tkazildi

Date:

Vatan himoyasi muqaddas burch. Shunday ekan hech bir o‘g‘lonning, egniga harbiylik libosini kiygan harbiyning xato qilishga haqqi yo‘q. O‘q otish, dushmanga hujum qilish, xullas, harbiy-jangovar tayyorgarlikning nazariy bilimlarini egallashi mumkin, ammo bilimlar amaliyotda sinalmasa, har qanday harbiy ham qo‘liga qurol tutib, undan foydalanish vaqti kelganda sarosimaga tushib qolishi, qanday yo‘l tutishga shoshib qolishi hech gap emas.
Ana shunday holatlar yuzaga kelmasligi uchun ham janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining o‘quv yiliga belgilangan tayyorgarlik rejasiga asosan Termiz umumqo‘shin dala poligonida harbiy okrug va Chegara qo‘shinlari qo‘mondonliklarining Surxondaryo viloyatida joylashgan quruqlikdagi qo‘shinlari havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari bilan bir necha kunlik aviatsianing intensiv uchish hududida dala chiqishi amalga oshirildi.
Mashg‘ulotlar davomida bo‘linmalarning jipsligi, jangovar tayyorgarligi hamda har qanday vaziyatda yuklatilgan vazifalarni bajarish imkoniyati nazoratdan o‘tkazildi. Xususan, havo xujumidan mudofaa boshqaruv punktlari, shuningdek, asosiy kuchlardan alohida joylashgan zenit bo‘linmalarining o‘t ochish pozitsiyalarini tanlashi, jihozlashi, ularni mudofaa etishi va qo‘riqlashni tashkil etishi kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun