To‘satdan baxtli hodisa sabab bir yoki bir nechta odamning hayoti xavf ostiga qoldi. Shubhasiz, “Tez yordam” shifoxonaga olib kelib, shifokorlar kerakli yordamni berishga oshadi. Ammo, bemorlarning ahvoli og‘ir va ko‘p qon yo‘qotgan. Zudlik bilan qon quyish zarur. Aks holda… mana shunday paytda Qon quyish markazi jonga ora kirib, kerakli qon bilan ta’minlashi kerak. Bu esa ko‘ngilli donorlarning xizmati va himmatiga bog‘liq. Xolbuki, hayoti xavf ostida qolgan o‘zimiz yoki bizning yaqinlarimiz bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, donorlik qilishni burch deb bilsak, foydadan holi bo‘lmaydi.

Qon quyish markazi esa donorlarni qabul qilish uchun har kuni tibbiyot xodimlari xizmatga shay. O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati Surxondaryo viloyat tashkiloti esa markaz ishini jadallashtirish, hamkorlikda ish olib borib, donorlar safini ko‘paytirish maqsadida savobli ishga qo‘lga urdi. Ya’ni, Qizil Yarim Oy jamiyati Xalq deputatlari Surondaryo viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nodavlat notijorat tashkilotlarining “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish”ga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida e’lon qilingan 2-grant tanloviga o‘z loyihasi bilan ishtirok etdi va grant sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Jamiyatning “Sog‘lom inson uzoq va baxtli hayot kechiradi” loyihasi Termiz shahridagi 26 ta maktab ishchi-xodimlari, 37 ta mahalla aholisini beg‘araz donorlikka da’vat etish orqali qon va uning donorlar safini 1000 nafarga ko‘paytirishga erishishni maqsad qilgan. Qolaversa, donorlik bo‘yicha qonun targ‘ibotini aholiga yetkazish, ko‘ngilli volontyorlar orqali qon va uning tarkibiy qismlari donorligi haqida maktablar hamda mahallalarda bo‘lib, ma’lumotlar beradi. Volontyorlar va keng omma uchun loyiha doirasida seminarlar tashkil etadi.

Xalqimiz salomatligini asrash, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muxtoj bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, beg‘araz yordam muhitini kuchaytirish, bolalar salomatligini muhofaza etish hamda fuqarolarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chorlash orqali bemor bolalarning hayotini asrab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini targ‘ib qilish mumkin. Donorlik jamiyatimizning har bir sog‘lom a’zosining burchi bo‘lib qolishi uchun keng miqyosda targ‘ibot qilish lozim. O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati esa Viloyat Qon quyish markazi bilan hamkorlikda loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar mustahkamlanishiga amaliy yordam qiladi.
S.Normurodova,
I.Mengliyev
(surat)