Turizm rivoji uchun…

Date:

Turizm sohasining rivoj topishi, albatta, turizm maskanlarida xizmat turlarining qanday tashkil etilganiga ham bog‘liq. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov esa sal avval Boysun tumanida yangi turizm salohiyatiga ega kompleks qurilishiga start bergan edi. Xo‘sh, bir muddat etib, hududda viloyat rahbarining topshirig‘iga binoan qanday ishlar amalga oshirildi?
Aytish kerakki, Boysun tumanining asosiy “o‘sish nuqtalari”dan biri bu turizm va milliy hunarmandchilik sohasi hisoblanadi. Tumanning “Bibishirin” mahallasida “Narzi qushbegi” xususiy korxonasi tomonidan qiymati 47 milliard so‘mlik 50 o‘rinli mehmonxona, 150 o‘rinli restoran, hunarmandlar markazi, sport klubi, 10 ta o‘tov uylari, milliy sahna, favvora, 12×24 baseyn va avtoturargohni o‘z ichiga olgan loyihaning qurilish ishlari avj pallada.
Ushbu loyihani amalga oshirish hisobiga 80 ta ish o‘rni yaratiladi hamda hunarmandlar markazida 100 nafardan ortiq yoshning hunarmandchilik sir-asrorlarini o‘rganishiga sharoit yaratiladi. Shuningdek, “Sayrob” mahallasida joylashgan madaniyat markazi ham ma’nan eskirgan. Binoni yangidan qurish ishlari davom etmoqda.
Tumanda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari tashrif buyuradigan mehmonlarga munosib xizmat ko‘rsatish maqsadini ko‘zlaydi. Umid qilamizki, qisqa muddatda tadbirkor-u ishbilarmonlar bu orqali ana shu maqsadiga yetib, o‘zlarining yaxshigina daromad manbaiga ham ega bo‘lishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun