Taklifi qo‘llab-quvvatlandi

Date:

Angorlik Sofiya Mahmadmurodovani ko‘pga o‘rnak va namuna qilib ko‘rsatish mumkin. Chunki u imkoniyati cheklanganiga qaramay, mehnat qilishdan, o‘zgalarga-da yordam berishdan to‘xtamaydi. Sofiyaning qo‘li gul chevar. U tikkan ko‘ylakni kiygan borki, yana va yana shu chevarga keladi. Sofiya esa ana shunday hunari ortidan daromad ko‘rib, oilasi byudjetiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotganidan mamnun.
Ayni paytda S.Mahmadmurodovaning 10 dan ortiq shogirdlari bor. Ular bilan birgalikda bolalar va ayollar liboslarini tikadi. Har kuni erta tongdan ishlar qizg‘in tus olib boshlanadi. Shunday kunlarning birida Angor tumani hokimi Qosim Mardonov Sofiya Mahmadmurodova holidan xabar oldi. Tikuvchi qiz bilan suhbatlashib, uning muammo va kamchiliklariga quloq tutdi. Aytish kerakki, Sofiya o‘z tadbirkorlik faoliyatini kengaytirmoqchi. Bundan xabar topgan tuman hokimi uning taklifini qo‘llab-quvvatladi va mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisiga imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun