Yoshlar doimiy e’tiborda

Date:

Ulug‘bek Tillayev o‘z kelajagini IT sohasida ko‘radi. Kompyuterda ishlashni yoqtiradi. Robotexnikaga qiziqadi. Maktabdagi darslarni ham tashlab qo‘ymay, barini birdek olib borishga intiladi. Sababi, IT sohasida ishlash uchun barcha fanlarni bilishi lozimligini u yaxshi biladi. Ammo, ko‘zida nuqsoni borligi, ko‘rishi yil sayin yomonlashib borayotgani Ulug‘bekni tushkunlikka tushurib qo‘ygani ham haqiqat.
Ana shunday paytda Respublika ishchi guruhi Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Muzrabot tumanida ham bo‘lib, og‘ir toifadagi yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Bu bilan kifoyalanmay, uyma-uy yurib, aholining, xususan, yoshlarning yashash sharoitlari o‘rganildi. Ana shunday o‘rganish va uchrashuv davomida Ulug‘bek Tillayev ishchi guruhning e’tiborini tortdi.
Ulug‘bekning murojaati inobatga olinib, u Toshkent shahrida joylashgan Ko‘z mikroxirurgiyasi markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida o‘zi qiziqqan robototexnika mashg‘uloti bilan shug‘ullanayotgan yoshlar bilan yaqindan tanishdi.
Qisqa fursatlarda Ulug‘bekning ko‘zlari shifo topadi va u o‘z orzulari izidan harakat qilishni boshlaydi. O‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytarib, unga kuch va shijoat bag‘ishlagan mas’ullardan mamnun.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun