Yangi klinikadan tuz qadoqlash korxonasigacha…

Date:

Sherobodliklar bugun ikki karra shodlanib, o‘zlari yashayotgan hududdagi o‘zgarish va yangilanishlar, tashabbuslar epkinidan mamnun bo‘lishdi. Tumanning “Chorbog‘” mahallasidagi “Sherobod shifo maskani” MChJga qarashli odamlar dardiga shifo bo‘ladigan 70 o‘rinli klinikaning foydalanishga topshirilishidan bir quvonishgan bo‘lsa, tadbir davomida 250 o‘rinli klinika binosining qurilishi boshlanishi haqidagi xabarlar esa qo‘shimcha bo‘ldi.


Hushxabar va tashabbuslarning daragi bu bilan tugamadi. Ayni shu kuni “Xo‘jaikon tuz koni” MChJ tomonidan barpo etiladigan osh tuzi qadoqlash zavodining qurilish ishlari boshlab yuborildi. Surxondaryo viloyat hokimi ushbu tadbirlarda ishtirok etib, sherobodliklar xursandchiligiga sherik bo‘ldi.
Aytish kerakki, umumiy qiymati 25 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyiha doirasida yodlangan osh tuzi ishlab chiqarish korxonasi bilan birga tuz g‘ori negizida zamonaviy sanatoriya ham tashkil etiladi. Bu esa 1 000 ta yangi ish o‘rni yaratishga imkon tug‘diradi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun