Paxta-2023: bu yilgi hosildan umid uzilgan

Date:

Surxondaryolik fermer va dehqonlarning tajribasi-yu bilimlari, mehnatkashligi, cho‘pni-da yerga qadab, nihol undirishga qodir ekani haqida to‘lqinlanib, qayta-qayta va maqtanib so‘zlaymiz. Bu tajriba esa ayni mavsumda o‘z kuchini ko‘rsatayotganini, dalalarda paxta gullab, oq oltinlar lo‘ppi-lo‘ppi bo‘lib ochilayotgani xabarini berishga ham ulgurdik. Gapimizning shu joyida ammo deyishga, majbur bo‘lamiz.
Sababi, Bandixon tumanida “Chorvador” fermer xo‘jaligi dehqonlari 20 gektar yerga chigit qadab, undan mo‘l hosil olish niyatida edilar. Ammo, tumandagi mutasaddilarning bee’tiborligi, ayrim fermer xo‘jaliklari ekinlariga suv bermasligi oqibatida yetishtirilayotgan paxta suvsizlikdan qurib qovjirab borayotir.
Afsuski, fermerlarning bu yilgi hosildan umidi uzilgan. Chunki paxtaning guli to‘kildi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun