Angorda yangi MTT va maktab…

Date:

Ta’limga qaratilgan e’tibor sabab hududlarda maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari barpo etilib, zarur texnika va jihozlar bilan ta’minlanib, barcha shart-sharoitlar yaratilayotir. Ayniqsa, salohiyatli va tajribali pedagoglarning ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb etilayotgani o‘quvchi-yoshlarning oliy ta’limga qamrovini oshirib, ularning kelajakda o‘z o‘rnini topishlariga zamin hozirlayotir.
Angor tumanida bo‘lgan kishi borki, ana shunday o‘zgarishlarning, ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan e’tiborning yuksk namunasining guvohi bo‘lishayotir. Tumanning “Yangi hayot” mahallasida 90 o‘ringa mo‘ljallangan 18-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilash ishlari davom etayotgan bo‘lsa, ushbu MTTga yaqin nuqtada 25-sonli umumta’lim maktabi binosining qurilishi ham avj pallada. 240 o‘rinli ushbu yangi o‘quv binosining qurilishi uchun 1 milliard 390 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Pudratchi “Mirabbos Yangiobod” xususiy korxonasi tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtihonda imtiyozi bor

Ta'limda teng imkoniyatlarni ta'minlash, alohida ta'lim ehtiyojiga ega bolalar...

Sun’iy intellekt yordam beradi

Raqamli texnologiyalarni davlat xizmatlariga keng joriy etish fuqarolarga qulaylik...

Sud qarori endi shart emas

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Ming gektardan oʻn ming tonna hosil…

Qishloq xo‘jaligida yer maydonlaridan oqilona foydalanish va takroriy ekinlarni...
KunTun
KunTun