Munosib hordiq chiqarish uchun…

Date:

Surxondaryo janubiy o‘lka. Quyoshi tig‘ida tuxum pishar degan ta’riflarini eshitib, sinab ko‘rganlar ham bor. Ana shunday taftli o‘lkada yashamoq esa jasorat. Shunga qaramay, surxondaryoliklar hududning issig‘iga qaramay yashashadi, odatiy hayot tarzlari bilan mashg‘ul bo‘lishadi. Ularning-da, munosib dam olishlari, hordiq chiqarishlari uchun ko‘ngilochar maskanlarning soni oshayotgani, albatta, voha ahlini faqat va faqat quvontiradi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun mo‘ljallangan ana shunday yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Qolaversa, viloyat rahbari loyihalarni shaharning o‘ziga xos iqlimini hisobga olgan holda amalga oshirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.
Loyiha ishga tushgach, ushbu maskan surxondaryoliklarning sevimli maskaniga aylanadi, charchoqlarini chiqarishadi. Do‘stlari va yaqinlari bilan miriqib suhbat qurishadi, mutolaa bilan band bo‘lishadi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun