“Oila muqaddas makon”

Date:

Oila haqida sharq davlatlarining o‘z qarashlari bor. Oilani muqaddas qo‘rg‘on bilishadi, oilaviy udum va an’analarni qadriyat darajasiga ko‘tarishadi. Bu borada yoshi ulug‘, ko‘pni ko‘rgan kayvoni onaxonlarning nasihatlari, maslahatlari esa yosh oilalarni asrashda, ajrimlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etayotir.
Tog‘li hudud sanalmish Sherobod tumanida joylashgan harbiy qismlaridan birida keksa onaxonlar hamda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ishtirokida “Oila muqaddas makon” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida ayni jihatlarga e’tibor qaratildi.

Davraga fayz bag‘ishlagan yoshi ulug‘ mehmonlar barchaga goh shodlik, gohi esa sinovli kunlarga boy o‘tgan hayot sahifalaridan so‘zlab berdi. Harbiy xizmatchilaring oila a’zolariga oila deb atalmish muqaddas qo‘rg‘onning mustahkam ustunlari sabr va matonat ekanini alohida ta’kidlab o‘tishdi.
Oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, ma’naviy-axloqiy tarbiyani qaror toptirish uchun ham ayni shunday tadbirlar, davra suhbatlarini uyushtirish, yoshi ulug‘lar va yoshlarni yuzlashtirib, qimmatli nasihatlarini olib, yoshlarni o‘ylashga, mushohada qilishga chaqirib turish shart va zarur.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun