Foydali yumush bilan band…

Date:

Kimdir ishsizligi ro‘kach qilib, idorama-idora kezib, ko‘nglidagi maoshli ishni topa olmay jig‘ibiyron bo‘layotgan bir paytda, vaqtining har soniyasi-yu, o‘zidagi imkondan unumli foydalanib, o‘zini-o‘zi band qilayotganlar ham yo‘q emas. Bu borada qiziriqlik “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi ayollar eng yaxshi ibrat namunasi bo‘la oladi. Ular o‘zlarining tomorqasida issiqxona qurib, sabzavot va poliz ekinlarini, gul ko‘chatlarini yetishtirish bilan shug‘ullanishayotir. Bu bilan nafaqat o‘zlari, balki butun oila a’zolari foydali yumush bilan band. Yetishtirilgan mahsulotlari va turli navdagi gul ko‘chatlarini bozorga chiqarishayotir. Tuman va shahar ko‘chalari, bog‘ va xiyobonlar, tashkilotlar uchun yetkazib berishayotir.
Qiziriq tumani hokimi Sh.Rajabov va tuman prokurori J.Raximov tuman markazida joylashgan “Yangi turmush” mahallasida yashovchi xonadonlarda bo‘lib dehqonchilik, gulchilik va kasanachilik bilan mashg‘ul ayollarning ish tajribasi bilan tanishdi. Ularning tajribasi, maslahatlaridan foydalangan holda boshqa oilalarning ham doimiy daromad manbaiga ega qilish lozimligi haqida tuman rahbari va mas’ullar kengashib olishdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun