Sovrin mezbon jamoada qoldi

Date:

Futbol millionlar o‘yini deyishadi. Haqiqatan ham futbol sport turning muxlislari, ishqibozlari yer sharida millionlab, milliardlab topiladi. Uni kuzatish ham, stadionga tushib to‘p surish, raqiblarni ortda qoldirib, uddaburonlik va tezkorlik bilan darvozasiga gol urish ham qiziq jarayon.
Aynan shuning uchun ham futbol o‘ynashni yoki futbol o‘yinlarini kuzatib borishni kanda qilmaymiz. Sherobod tumanida Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi uchun sportning futbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqaning viloyat hududiy saralash bosqichi futbolchi-yu, musobqani tomosha qilishga kirishgan muxlislar uchun ham birdek qizg‘in kechdi.
Tuman sport maktabi futbol maydonida boshlangan futbol o‘yinlari musobaqasida viloyatning Bandixon, Boysun, Qiziriq hamda Sherobod tumanlaridan g‘olib bo‘lgan mahallalarning shunqor yosh yigitlaridan tuzilgan jamoalar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Yakuni natijalariga ko‘ra Sherobod tumani “Yoshlik” mahallasi yoshlari faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Diplomi tan olinadimi?

O‘zbekiston “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global...

Insonparvarlikning amaliy ifodasi

Prezidentimizning xalqparvar siyosati natijasida mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat...

Mas’uliyati oshirildi

Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonida Denov tumani Qo‘riqlash bo‘limida...

Ehtiyoj va talab

 Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan...
KunTun
KunTun