“Kitob va kitobxonlik”

Date:

Qaysi soha yoki tizimda faoliyat yuritmaylik, mutolaa, kitobxonlik doimiy yo‘ldoshimiz, odatimiz bo‘lmog‘i lozim. Ana shundagina qalbimizni ilm-u ziyo nuri yoritib, har ishimizda adolat, halollik yo‘ldoshimiz bo‘ladi. Fikrimiz, dunyoqarashimiz, amalimizda ma’naviyatimizning nechog‘lik ekani yaqqol seziladi.
Shu maqsadda Bandixon tuman Ichki ishlar bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyat IIB boshqarmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxodaryo viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda “Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyatining ko‘zgusi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.


Unda Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sherzod Shadiyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxodaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva hamda Bandixon tuman IIB xodimlari ishtirok etdi. O‘tkazilgan “Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyatining ko‘zgusi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Bandixon tumani ichki ishlar bo‘limida tashkil etilgan kutubxona fondini boyitish uchun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi 50 dona o‘qishli o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari sovg‘a qilindi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun