IMKONDAN ILHOMLANIB…

Date:

Yoshlarning bandligini ta’minlash, hayotda, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan. Buning uchun yoshlar kasb-hunarga o‘qitilib, o‘z ixtisosligi bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun ham zarur texnikalar bilan ta’minlanayotir.
Sho‘rchi tumanining “Yosh g‘ayrat” mahallasida yashovchi bir guruh yoshlarga ham kasb-hunarga o‘qitilgach, qiziqish va yo‘nalishlariga ko‘ra tikuv mashinkasi va payvantlash apparatlari topshirildi. Endilikda ular ushbu texnikalar yordamida mustaqil hayotga ilk, katta qadamlarini tashlashadi. O‘z daromad manbaiga ega bo‘lib, o‘zi va oilasiga foyda keltirishadi. Kechagina ishsiz yurgan yoshlarning bugun qo‘llarida hunari bor, ish quroli esa badastir. Bundan ularning bari shod va yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun holda o‘z faoliyatlarini boshlashadi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bir ko‘ngil imorati…”

Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan har qanday davlatda insonlarning ijtimoiy...

Daryo bo‘yi “Aqlli” bo‘ladi

Surxon bo‘ylab kezar ekansiz, chor-atrof obodlik, nurafshonlik kasb etishini,...

Qariyb sakkiz million ko‘chat ekiladi

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda har yili ikki mavsumda —...

Tizimning tayanchi bo‘ladi

Bugungi kunda mamlakatimizda energetika, neft va gaz sohalarini modernizatsiya...
KunTun
KunTun