G‘olibga “Damas”

Date:

Kurash qadriyat, kurash jonga, qon-qonga singib ketgan kuch. Ota-bobolarimizdan, ajdodlarimizdan meros bo‘lib, kuch-quvvatni, or-nomusni namoyon etguvchi qudratdir. Maydonga tushgan polvonning nafaqat jismoniy kuchi, balki ruhiyati, vijdoni ham kurashadi. Shuning uchun ham kurashni kuzatish maroqli, qizg‘in va o‘ziga xos.
Termiz shahridagi “Surxon arena” sport majmuasida 18-30 yoshdagi yigit va qizlar o‘rtasida, ikkita vazn toifasida sportning milliy kurash turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan “Viloyat hokimi kubogi” musobaqalarining final bosiqichi ham ayni shunday qizg‘in va maroqli kechdi. Nafaqat polvonlar, tomoshabinlar ham bir olam taassurotlar olishdi.
Murosasiz, halol kechgan kurashlarda eng kuchlilar aniqlandi. Yakunda esa kuragi yerga tegmagan polvonlarga sovrin, medal va sovg‘alar Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan tantanali topshirdi. +90 kilogramm vazn, ya’ni mutloq vazn toifasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida maydonga tushgan uzunlik Rustam Shoraxmatovga teng keladigani topilmadi u Surxondaryo viloyati hokimi bosh sovrini “Damas” avtomashinasini qo‘lga kiritdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun