EHTIROM KO‘RSATILDI

Date:

Oila muqaddas dargoh. Ba’zida yoshlarimiz bilib-bilmay unga darz ketkazmoqchi bo‘lishadi. Sababini surishtirgningizda esa sababi oddiy va jo‘n. Hatto e’tibor berish lozim bo‘lmagan jihatlar va sabablar o‘rtaga tashlanadi-da, buning oqibatlarini tushuntirishga, o‘rtadagi xafachilikni tarqatishga to‘g‘ri keladi.
Bunday paytda mahallaning kayvoni onaxonlari, hayotda ko‘pni ko‘rgan pir-u badavlat otaxonlarning yordami, maslahat va tavsiyalari katta ahamiyat kasb etadi. Mahallada oilada nizo, urush-janjal chiqdimi, darrov kerakli tushuntirish ishlari boshlab yuboriladi. Albatta, otaxon va onaxonlarning har so‘zi hikmat. Ularning aytganlarining mag‘zini chaqqan yosh oilalar o‘rtasidagi murosasizlik o‘z-o‘zidan tumanday tarqaladi. Bunday masala va muammolar mahallalarda tez-te sodir bo‘lib turadi. Faqat muammolar yeng ichida va qisqa fursatlarda hal etiladi.
Oilalarni mustahkamlash, yoshlarni barkamol etib tarbiyalashda nuroniylarimizning ana shunday katta hayotiy tajribasi ibrat maktabidir. Ularga ehtirom ko‘rsatish, hurmat bajo keltirb turish lozim. Shu maqsadda, Sho‘rchi tumanida oilalarning tinchligi, yoshlarning barkamol bo‘lib ulg‘ayishlari yo‘lida astoydil mehnat qilayotgan bir guruh nuroniylar rag‘batlantirildi, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun