Kompyuter jamlanmalari yetkazib berildi

Date:

Surxondaryo maktablariga tadbirkorlar homiyligi asosida kompyuter jamlanmalari sovg‘a qilinayotgani o‘quvchi-yoshlar uchun ta’lim muassasalarida munosib shart-sharoit yaratishga xizmat qiladi. Ayniqsa, ushbu ezgu tashabbusning viloyatimizning har bir hududida keng quloch yozayotgani quvonarli hol, albatta. Xususan, Muzrabot tumani markazidan 45 kilometr uzoqlikdagi chegaraoldi “Alpomish” mahallasida joylashgan 180 o‘rinli 57-umumta’lim maktabiga ham saxovatpesha tadbirkor tomonidan 16 dona kompyuter jamlanmasi va 1 dona rangli printer yetkazib berildi.
Ushbu ta’lim muassasasi 2021-yilda qurilgan bo‘lib, joriy o‘quv yilida maktabda 21 nafar pedagog 2 navbatda o‘qiydigan 140 nafar o‘quvchiga ta’lim-tarbiya berib kelayotir. Albatta, ushbu kompyuter jamlanmalari axborot texnologiyalarini, IT dasturlash tizimini puxta o‘rganishga, qolaversa, ayni texnologiyalar bilan bitadigan yumushlarni yengillatishga xizmat qiladi.
Tuhfalar Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev hamda Muzrabot tumani hokimi A.Ismailovlar tomonidan yetkazib berildi. Bundan esa maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari minnatdor bo‘lishdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun