Angorda tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

Date:

Salomatlik tuman boylik deyishadi. Ammo, har doim ham tibbiy ko‘rikdan o‘tishga xafsala qilavermaymiz. Biz bormasak, tibbiy ko‘rikning o‘zi bizni izlab keladigan zamonda yashayotganimiz kishini quvontirmay qolmaydi. Ayni shunday tibbiy ko‘rik Angor tumanining 1-sektor hududiga qarashli “Xomkon” mahallasida ham tashkil etildi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikda pulmonolog, nevropatolog, pediatr, ginekolog, okulist, travmatolog, kardiolog, onkolog, stomatolog, urolog, terapevt, LOR, xirurg kabi mutaxassislar ishtirok etdi. Qolaversa, aholi UZI, EKG kabi tekshiruvlardan ham o‘tkazilib, aniq tashxis va muolajalar buyurildi.
Ko‘rik davomida diabet, onkologik, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, profilaktika qilish va davolash usullari, sog‘lom turmush tarzi va faol jismoniy harakatning inson salomatligiga hissasi tushuntirildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun