Eski so‘mlar yangisiga almashtiriladi

Date:

Yildan yilga yangi qiymatdagi banknotlar chiqib, eskilari muomaladan chiqib ketayotgani davr talabidir. Bir paytlar ishlatganimiz 10, 25, 50, 100 so‘mliklar tarixda qoldi. Faqatgina o‘z vaqtidan esdalik sifatida kolleksioner kabi olib qo‘yishimiz mumkin.
Qolaversa, uyingizda 200 yoki 500 so‘mlik banknotlaringiz miqdori anchaginani tashkil etib, belgilangan muddatga qadar almashtirib ololmaganingizdan attang deb yurgan bo‘lsangiz, afsuslanishga hali erta. Sababi, Markaziy bank matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Markaziy bank boshqaruvining 2023-yil 3-iyundagi tegishli qaroriga asosan to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarni hamda 50 va 100 so‘mlik tangalarni Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari orqali qabul qilish va almashtirib berishni davom ettirish belgilandi.
Uyida bir uyum qog‘oz o‘rnini bosib qolguvchi ana shunday banknotlarning almashtirish imkoni borligi ko‘pchilikni quvontirishi aniq. Foydalanilmay yotgan pullar bu bilan muomalaga kiritiladi va mablag‘ egasining kichik bo‘lsa-da ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.

Manbalar asosida H.Kamolova tayyorladi

Oldingi sahifa“Siz qonunni bilasizmi?”
Keyingi sahifaOtalar…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Murojaatnoma — amaliy harakatlar markazida

Surxondaryo viloyatida Nodavlat notijorat tashkilotlari uyida O‘zbekiston Ekologik partiyasi...

Xurmo ko‘chatlari tarqatildi

Uzun tumanida aholi va dehqon xo‘jaliklarida zamonaviy bog‘lar barpo...

Shaffoflik va ochiqlik tamoyillari asosida

Surxondaryo viloyatida Xalqaro ingliz tili olimpiadasi (ELO) viloyat bosqichi...

 “Ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?”

2025-yildan boshlab har yili yanvar–mart oylarida O‘zbekistondagi 14–17 yoshdagi...
KunTun
KunTun