Homiylik asosida uy-joy qurib berilmoqda

Date:

To‘rt muchangiz sog‘ bo‘lsa, ishlab, harakat qilib, yaxshi niyat bilan yig‘inib, uy xarid qilishingiz yoki imorat solishingiz mumkin. Ammo, imkoniyati cheklangan insonlarchi… ular bu borada imkonsizlikdan tushkunlikka tushishlari hech gap emas. Ammo, kuchli ijtimoiy himoya, kam ta’minlangan oilalar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bir paytda bu kabi jihatlar ham e’tiborga olinayotir. “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yilida bu ezgu ishlar ko‘lami tobora kengaytirilmoqda.
Qumqo‘rg‘on tumanida ham imkoniyati cheklangan fuqarolarga uy-joy qurish va ta’mirlash bo‘yicha ezgu ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lib, “Ulug‘bek” mahallasida yashovchi qizil toifadagi ikki nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarning uy-joyga muhtojligi sabab tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i homiyligi asosida uy-joy qurib berilmoqda. Yangi uy-joyga ega bo‘layotgan fuqrolar hamda ularning oila a’zolari esa mana shunday xayrli ishlardan o‘zlarida yo‘q xursand. Qo‘llarini duoga ochib, tashkilotchi hamda quruvchilarni duo qilishdan to‘xtashayotgani yo‘q.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun