Qaroqchilikni qachon tashlaymiz?

Date:

Men fakultetga qatnar edim. Uyim bilan fakultet orasida bir ayol u-bu narsa sotar, men undan 18 pensga kakao sotib olar edim.
Bir kuni u yerdan o‘tayotsam, do‘konning boshqa tokchasida aynan o‘shanday kakaoning narxi 20 pens yozilgan holda turibdi.
Taajjublanib so‘radim:
— Nega birinchi tokchada kakaoning narxi 18, ikkinchi tokchada esa 20 pens?
U dedi:
— Yaqinda bizga kakaoni eksport qiladigan davlat Nigeriyada mushkulotlar yuzaga kelib, narxlar ko‘tarilibdi. Bu tokchadagi keyin kelgan yukdan. Shuning uchun qimmat. Mana bunisi esa oldingidan. Shuning uchun u arzon.
Men:
— Unday bo‘lsa, kishilar oldin arzonini olishadi. U tugasa, keyin qimmatini olishadi. Toki arzoni tugamas ekan qimmatni hech kim olmaydi-ku, — dedim.
U:
— Ha, buni bilaman, — dedi.
Men:
— Shunday ekan, ularni aralashtirib, arzonlarini ham 20 pensdan sotsangiz bo‘lmaydimi? Buni hech kim bilmaydi-ku! — dedim.
Shunda u qulog‘imga:
— Sen qaroqchimisan? — dedi.

Uning gapi haligacha qulog‘im ostida jaranglaydi. Bu qanaqa axloq?! Biz qachon bunaqa darajaga ko‘tarilamiz?!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun