Majburiy nazorat o‘zini oqlaydimi?

Date:

Yurtimizda yo‘tal siroplarini ichish natijasida bolalar o‘limi kuzatilgandan buyon har bir ota-ona avvalo farzandini betob qilmaslik choralarini ko‘radigan bo‘lib qoldi. Bordi-yu shamollatib qo‘ysak ham o‘zboshimcha davolashni to‘xtatdik. Shifokor tavsiyasi bilan yoziladigan dori-darmonlarni olishga ham cho‘chib qoldik.
Yurtimizda, ayniqsa, Hindiston davlatidan chiquvchi ba’zi dori ishlab chiqaruvchi korxonalarining dori vositalarini sotib olish to‘xtatilgani, xavfli dori-darmonlar dorixonalardan olib tashlangani ana shu qo‘rquv va sarosimamizni biroz tarqatgandek bo‘ldi. Boshqa tomondan dori ishlab chiqarishga biznes sifatida qaraydigan ana shunday korxonalar uchun bunday holat yaxshigina zarba bo‘lib, faoliyatiga salbiy ta’sir qilmay qolmaydi. Mana shunday holatning oldini olish maqsadida Hindiston yo‘tal siroplari, shu jumladan eksport uchun mo‘ljallangan mahsulotlar sifatini majburiy nazorat qilishni joriy qilmoqchi. Gambiya va O‘zbekistonda Hindistonda ishlab chiqarilgan dori-darmonlarni qabul qilgan o‘nlab bolalar o‘limidan so‘ng rasmiylar ayni shunday qarorga kelgan.
Sifatni majburiy nazorat qilishar, zaruriy tekshiruvlardan o‘tkazishar, ammo o‘tgan voqealardan keyin ana shu nomdagi dori vositalarini kim ham farzandinining shirin jonini garovga qo‘yib xarid qiladi… bunisi esa vaqt ko‘rsatadi

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun