23 yillik muammo bartaraf etildi

Date:

Angor tumanining “Bahor” mahallasi ahli yerga ekin ekib, ko‘kartirishni, bu bilan ro‘zg‘orini butlab, ortiqchasini sotishni, daromad orttirishni istaydi. Ammo, afsuski buning imkoni yo‘qligidan qiynalishadi. Sababi mahallada yashovchi 70 ta xo‘jalikni qiynab keluvchi masala oqava suv muammosidir. Bu muammo bir yoki bir necha yillik emas, naqd 23 yildan buyon mavjud.


Bahorliklarning dilidagi tiliga chiqib, axiyri tuman hokimligiga murojaat qilishdi. Ushbu holat esa mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqildi va ijobiy hal etiladigan bo‘ldi. Tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida yangi nasos o‘rnatilib, ishga tushirib berildi.
Qarabsizki, qishloqqa obi hayot keldi. Bundan esa mahalliy aholining quvonchi cheksiz. Endi ular ham dehqonchilik qilishadi, ekin ekib, daromad manbaiga ega bo‘lishadi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi ko‘prik — katta qulaylik

Qumqo‘rg‘on tumanining “Achamoyli” mahallasi aholisi uchun quvonchli kun bo‘ldi....

Yosh mahkumlar uchun yangi yo‘l

O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 18–30 yoshdagi...

Tabiatning jonli merosi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat...

 “Men kuchli ayolman”

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining joriy yil 30-yanvardagi 06/1-525-sonli topshirig‘iga...
KunTun
KunTun