Qiziriqda “Kasanachilik markazi” ishga tushirildi

Date:

Qiziriqlik ishsiz ayollarga ish taklif etishganida avvaliga ikkilanganlar, yangi ish joylarini ko‘rib, ko‘zlari quvonchdan porladi. Yaratilgan shart-sharoitdan, keng va shinam xonalarda ishlash kimni ham quvontirmaydi deysiz. Sababi Qiziriq tumanida “Kasanachilik markazi” tashkil etildi. Markaz uchun munosib joy sifatida esa tumandagi “Do‘stlik” mahallasida joylashgan, hozirda samarali foydalanilmayotgan, sobiq qishloq xo‘jaligi kasb-xunar kollejining o‘quv ustaxonasi tanlandi. Mahalliy tadbirkorlar hamkorlik va hamjihatlikda tashkil etilgan markaz faoliyatga mos va xos tarzda jihozlandi, qulayliklar yaratildi.


“Kasanachilik markazi”ni ishga tushirish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi va bandligi taʼminlangan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi. U yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Qayd etish lozimki, ushbu loyiha 1,4 milliard so‘m subsidiya mablag‘lari evaziga amalga oshirilgan bo‘lib, 200 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan. Qo‘li gul chevar va tikuvchilarning xizmati bilan kasanachilik markazida yiliga 20 ming dona tayyor mahsulot (ayollar va erkaklar kiyimlari) ishlab chiqarilishi reja qilingan.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram bayramdek o‘tsin!

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan aholi gavjum joylarda xavfsizlikni...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Ramazon oyining ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ruhini targ‘ib etish...

Ta’limda xalqaro tajriba

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, yetakchi...

Navro‘z sayllari boshlandi

Surxondaryo viloyatida bahorning eng go‘zal bayrami – Navro‘z umumxalq...
KunTun
KunTun