Xatosi saboq bo‘lsa…

Date:

Bolalikdan biror buyum yoki narsaga nisbatan u seniki, bu uniki deya tushuntiramiz. Bu bilan bolaga o‘zining va o‘zganing mol-mulkiga, buyumiga egalik tushunchasini, haq-huquq masalasini ham anglatib borgandek bo‘lamiz. Bu tushunchalar orqali bola hayoti davomida nazariy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirib boradi. Qarabsizki, jamiyatda shaxs sifatida shakllanadi. Ulg‘ayib, oq-u qorani taniganida esa o‘z mulkini himoya qilsa, o‘zgalarnikiga daxl qilmaslikka odatlanadi. Aks holda esa qonunda belgilangan jazo yoki javobgarlik muqarrar.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro G.N. “J.M.” fermer xo‘jaligiga qarashli sug‘oriladigan ekin yer maydonining 4,3 sotixini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, yerning unumdor qatlamiga zarar yetkazgan holda uy-joy qurishni boshlagan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Zora, belgilanadigan jazo chorasi va tushuntirish ishlari bilan fuqaro o‘z aybini tushunib, o‘zganing va davlatning mulkini o‘zlashtirish mumkin emasligini tushunib yetsa, xatosi saboq bo‘lsa…

Surxontongiz.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun