… muvaffaqiyatli o‘tdi

Date:

Bugun yuqori texnologik operativ va konservativ davolash usullarini talab etadigan jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish uchun viloyat markazi yoki poytaxtga borish shart emas. Bunday amaliyotlar olis hududlarda ham yo‘lga qo‘yilmoqdaki, bu mahalliy aholi uchun katta qulaylik tug‘dirayotir.
Toshkent shahridan kelgan malakali mutaxassislar tomonidan Jarqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida chap son chanoq bo‘g‘imi artrozi bilan bog‘liq endoprotezlash amaliyoti o‘tkazildi. Ushbu amaliyot tuman tibbiyot birlashmasining travmotolog va jarrohlari uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi. Ularning o‘zi ham bundan buyon mana shunday jarrohlik amaliyotlarini o‘zlari o‘tkazishlari mumkin.
Amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi. Hozirda esa bemor o‘zini yaxshi his qilmoqda. Ushbu murakkab, yuqori texnologik jarrohlik bepul amalga oshirildi va barcha harajatlar davlatimiz tomonidan qoplab berildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ulkan marralar sari…

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo viloyati hokimi...

Yangi yo‘nalish — yangi qulaylik!

Aholiga yanada qulay sharoit yaratish va transport xizmatlari sifatini...

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...
KunTun
KunTun