«Surxon» davlat qo‘riqxonasida ekspeditsiya

Date:

Voha tabiati ajoyib, iqlimi betakror. O‘simlik va hayvonot dunyosiga esa boy. Kim biladi, hali nomi va turi aniqlanmagan o‘simliklar va hayvon turlari bordir. Bu esa izlanish va o‘rganish ishlari olib borishni talab etadi. Bu borada esa xorijiy olimlar tomonidan amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Belarus Respublikasidan tashrif buyurgan zoolog olimlar qo‘riqxonadagi hasharotlar dunyosi va entomofaunasini o‘rganish, yangi hasharotlar turlarini kashf etish, fanda o‘rganilmagan turlarni tadqiq etish maqsadida qo‘riqxonaning «Sholqon» bo‘limida ilmiy ekspeditsiya o‘tkazishayotir.
Ushbu ilmiy ekspeditsiya Termiz davlat universiteti hamda Belarus Davlat universitetlari tomonidan imzolangan qo‘shma memorandum natijasida amalga oshirilmoqda. Aytish kerakki, tadqiqotchilarning ona tabiatimiz, uning muhofazasida bo‘lgan o‘simlik va jonivorlar haqida taassurotlari a’lo. Ular hayrat va havas ila o‘rganishga kirishgan.

Surxontongi.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...

Pillachilik – daromad va bandlik manbayi

Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish...

Xizmat — oflayn, o‘qish — onlayn

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar...

Munosib voris aniq

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika maqola va insholar tanlovi mamlakatimiz...
KunTun
KunTun