Ko‘prik qurilishi boshlandi

Date:

Ko‘prik — yo‘llarni bog‘lovchi, uzoqni yaqin, mushkulni oson, bordi-keldi va rishtalarni mustahkamlovchi vositadir. Qadimdan xalqimiz ariqlar qazib, yo‘llar ochib, ko‘priklar qurib, o‘zlari uchun qulaylik yaratishgani, ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirib kelgani haqida to‘lqinlanib so‘zlaymiz. Bugungidek davrda esa bu ishlar yanada oson. Shunday deymiz-u, ammo ba’zida aksiga duch kelamiz. Uzun tumanidagi Dehqon va “Beshkapa” mahallalarini bog‘lovchi ko‘prikka kelganda uning yaroqsiz holatga kelganining guvohi bo‘lamiz. Tuman hokimi X.Bozorov og‘ir mahalla hisoblangan Dehqon mahallasining ko‘chalari bo‘ylab aholi muammolarini o‘rganish chog‘ida ikki mahallani bog‘lovchi ushbu ko‘prik holatini ko‘rib shunday fikrga keldi.
Demak, muammoni bartaraf etib, ko‘prik qurish lozim. Axir e’tiborsizlik qandaydir ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqarmasligi kerak. Qolaversa, bu holat mahallalar ahliga, o‘tib-qaytguvchilarga ham katta qiyinchiliklar tug‘dirayotgani bor gap.
Avvaliga ko‘prik holati, qayta rekonstruksiya qilish, joriy taʼmirlash kabi takliflar o‘rganildi. So‘ng, tuman hokimi ko‘prikni tiklash, yangidan qurish bo‘yicha mutaxassislarni jalb qildi. Shundan keyin amaliy sa’y-harakatlar boshlab yuborildi. Zarur texnikalar beton quvurlarni o‘rnatishda qo‘l kelmoqda. Qisqa muddatda ko‘prik soz holatga keladi. Ikki mahalla esa oldingidek bordi-keldi qiladi, uzog‘i yaqin bo‘lib, vaqti ham tejaladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shaffoflik kuchaymoqda

O‘zbekistonda aholini favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish tizimi kengaytirilib,...

Yangi maqom va mukofotlar

O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish...

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....
KunTun
KunTun