Topshiriqdan so‘ng…

Date:

Har bahor obodlikka ulanadi. Ekin-tikin ishlari boshlanadi. Bog‘-rog‘larda, dalalarda ishlar qizg‘in tus oladi. Daraxtlar tanasini oqlab, ostini yumshatishga kirishamiz. Yana ariqlar qazib, mavjudlarida tozalash ishlarini olib boramiz.
Boysun tumanidagi Hunarmandlar, “Chorchinor” va “Bog‘ibolo” mahallalari hududidan o‘tuvchi “Egri ariq” ham yordamga muhtoj holatga kelib qolgan. Katta ariq anchadan buyon tozalanmaganligi uchun suvi loyqalanib, aholi tomorqalariga suv yetkazib berishda qiyinchiliklar tug‘dirayotgandi. Qo‘l mehnati yordamida qazishning esa imkoni yo‘q.
Surxondaryo viloyat hokimi U.Qosimovning tashabbusi va topshirig‘i bilan ushbu ariqni qazish uchun maxsus texnikalar ajratilgani mahalliy aholini quvontirdi. Qisqa fursatda ariqning 100 metrdan ziyod qismi maxsus texnikalar yordamida qazilib, loyqadan tozalash ishlari amalga oshirildi.
Natijada endi “Egri ariq”dan toza va tiniq suv to‘lib-toshib oqmoqda. Asosiysi ushbu ariq tuman markazidagi 10 ta mahalladagi barcha tomorqalarni sug‘orish uchun suv bilan ta’minlaydi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chiqindidan elektr energiyasi

Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya olishga...

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun

Jarqo‘rg‘on tumanining Alisher Navoiy mahallasi “Ibn Sino” ko‘chasida mahalla...

“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib...

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...
KunTun
KunTun