Muammo yechim topdi

Date:

Uzun tumanidagi “Bobotog’” mahallasi tuman markazidan anchagina olisda joylashgan hudud. Shu sababdan barcha jabhada mahallada shart-sharoit yaratish ishlari ko‘rib boriladi. Xususan, ta’lim tizimida ham malakali mutaxassislarni jalb etish uchun qonunchilikka asosan ustamalar belgilanganidan xabarimiz bor. Albatta, olis hududlardan kelib dars berayotgan o‘qituvchi-murabbiylarning xizmatini e’tirof etib o‘tish lozim. Ammo, shunga qaramay kichik ko‘ringan muammolar imkonsiz hududda kattalashib boraveradi.

Ushbu hududga olis hududlardan kelib dars berayotgan 61 nafar o‘qituvchining 2023-yilning yanvar oyidan mart oyiga qadar bo‘lgan 3 oylik ijara to‘lovi pullari to‘lanmay kelingan. Turgan gapki, bu tomonlarning norozichiligiga sabab bo‘ldi. Muammoni bartaraf etish maqsadida tuman prokurori tomonidan jami 113 million 400 ming so‘m ijara pullarining 94 million 700 ming so‘mi o‘qituvchilarning plastik kartalariga, qolgan 18 million 700 ming so‘m mablag’i esa naqd pul shaklida to‘lov vedomostlari orqali to‘liq to‘lab berilishi taʼminlandi.
Qolaversa, mahalla ahliga qulaylik yaratish maqsadida Xalq banki tuman fillialining bankomati o‘rnatildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun