Kechagi ishsiz, bugun tadbirkor

Date:

Zulfiya Allayeva ishbilarmon ayol sifatida jamiyatda o‘z o‘rnini topib ulgurgan. Tikish-bichish sirlarini bilgani, guldek hunari as qotib, tadbirkorlik faoliyatini boshlashga turtki bo‘ldi. Ayollar liboslari va pardalar tikishni yo‘lga qo‘yib, 3 nafar ishsiz xotin-qizni ham ish bilan ta’minlagani e’tirof etarli jihat.
3 oy avval esa Zulfiya Allayeva ham ishsiz edi. Doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishni esa xayoliga ham keltira olmagandir. Ammo, Angor tumanining “Chinobod” mahallasida tashkil etilgan kasanachilik o‘quv markazi uning o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirdi. Faoliyatini boshlaganiga ikki yildan oshgan markazning ta’rifini eshitgan Zulfiya Allayeva ham hunar o‘rganish uchun tikuvchilik kurslariga yozildi. O‘qidi, o‘rgandi. Qo‘liga qaychi tutib, oddiy matodan libos yaratish ham aslida bir san’at ekanini o‘rgandi. Shu muddat oralig‘ida markazda 500 nafardan ortiq xotin-qizga kasb-hunar o‘rgangan bo‘lsa, Zulfiya opa ularning biri bo‘ldi.
Kasb-hunarli bo‘lgan xotin-qizlar o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, ayni kunlarda oilasiga qo‘shimcha daromad topish imkoniyatiga ega bo‘lishgani quvonarli hol albatta. Shuni ham aytish kerakki, jamiyatda o‘z o‘rni, o‘z ishiga ega tadbirli ayollar o‘quv kurslarini bitirgan bo‘lsa-da, markaz bilan hamkorlikni davom ettirayotir.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shaffoflik kuchaymoqda

O‘zbekistonda aholini favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish tizimi kengaytirilib,...

Yangi maqom va mukofotlar

O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish...

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....
KunTun
KunTun