Qadriyatlar boqiy yashaydi

Date:

Qadriyatlar xalq tomonidan unutilmas ekan, u mangu yashaydi. Qalblarga ezgulik urug‘ini qadab, jon-jonimizga, qonimizga singiydi. Ezgu fazilatlarni mujassam etadi-da, avlodlardan-avlodlarga meros o‘tib yashayveradi. Yurtga bahor Navro‘z bilan boshlanganidek, urf-odatlarimizni, an’analarimizni yodga soladi.

Boysun kengliklarida Navro‘z bayrami “Boqiy qadriyatlar” shiori ostidagi tadbirga ulandi-yu ong-u shuurlarga milliy ruhni olib kirgandek bo‘ldi.

Bu yo‘lda esa kayvoni momolarimiz, chechalarimizning xizmatlari benihoya katta. Ayni ularning odatlarimizni maromiga yetkazib, yoshlarga targ‘ib qilishlarida bosh-qosh bo‘lishlari qiziqish va e’tiborni yanada oshirdi. Tadbirda momolarimiz boshchiligida sumalak sayli tashkil etildi. Milliy taomlarimiz tayyorlanib, hunarmandchilikning qadimiy turlari qayta jonlangandek bo‘ldi.

Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova, xotin-qizlar faollari, otinoyilar ishtiroki tadbirning ahamiyatini yanada oshirdi. Ayniqsa, tumandagi 57-son umumta’lim maktabida hunarmand ayollar ishtirokida hunarmandchilik ko‘rgazmalari namoyishi barchaning e’tiborini tortdi.

H.Kamolova

Oldingi sahifaIntensiv usulda…
Keyingi sahifaMuammolar o‘rganildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chiqindidan elektr energiyasi

Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya olishga...

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun

Jarqo‘rg‘on tumanining Alisher Navoiy mahallasi “Ibn Sino” ko‘chasida mahalla...

“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib...

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...
KunTun
KunTun