Muammolar o‘rganildi

Date:

Qishloq xo‘jaligida bir qarich yerdan-da unumli foydalanish maqsad qilinadi. Sababi kaftdekkina maydondan ham mo‘may daromad olish mumkin-da. Muhimi tadbirli bo‘lmoq lozim. Bugungidek ishbilarmonlik muhiti hukmron, har qanday imkon va shart-sharoitdan foydalanishga intilish yuqori bo‘lgan bir paytda katta-katta binolar, obyektlarning foydalanilmay turishi ham qaysidir ma’noda uzoqni ko‘ra olmaslik yoki bo‘lmasa uvoldan boshqa narsa emas.
Xolbuki, Termiz shahrida ana shunday bo‘sh turgan obyektlar soni anchani tashkil etar ekan. Asosiy masala esa ana shunday obyektlarni auksion savdolariga chiqarish, ulardan samarali foydalanish, ular negizida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini yo‘lga qo‘yib, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab olishdir.

Surxondaryo viloyat hokimi Termiz shahridagi auksion savdolariga chiqarilgan, ayrim sabablarga ko‘ra sotilmayotgan bo‘sh turgan binolar bilan tanishar ekan mas’ullarga ayni masala haqida kerakli topshiriqlarni vazifa qilib berdi. Qolaversa, Termiz shahar “Istiqlol” ko‘chasi 3-uy manzilidagi mulkiy majmua savdo do‘koni, omborxona, yotoqxona, maʼmuriy bino, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va muzlatgich binosi, “Jomiy” mahallasidagi sobiq suv saqlash binosi hamda “Birdamlik” ko‘chasi 20-uy manzilidagi omborxona binolari ko‘zdan kechirildi.
Ushbu binolar bo‘sh turgan obyekt sifatida xatlovdan o‘tkazilib, auksion savdolariga chiqarilgan, ammo, birinchi manzildagi binoning balans qiymati juda balandligi sababli, qolgan ikki obyektda kirish yo‘llari boshqa tadbirkorlar tomonidan to‘sib qo‘yilgani, kirish yo‘li yo‘qligi uchun binoni sotish masalasi hal etilmasdan kelinayotgani ayon bo‘ldi. Tanishuvdan so‘ng majud muammolar bartaraf etiladigan bo‘ldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun