Yangi innovatsion mahsulotlar bilan…

Date:

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Bahorgi tijoratlashtirish forumi” boʼlib oʼtayotir. Unda tarmoq korxonalari va hokimliklarga ilmiy-innovatsion ishlanmalar namoyish etilmoqda. Forum natijalariga koʼra uch tomonlama – olim, ilmiy muassasa, tarmoq korxonalari oʼrtasida shartnomalar tuzilishi maqsad qilingan.

Surxondaryo viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi ham viloyatda ishlab chiqarilayotgan yangi import oʼrnini bosuvchi innovatsion mahsulotlar bilan ishtirok etdi.

Xususan, Oltinsoy innovatsion tumanida ishlab chiqarilgan bazalt minerali asosida yuqori harorat va mexanik tasirlarga chidamli polimer kompaundlar, yuqori bo‘kuvchan va bioparchalanuvchan gidrogel, odam kasalliklariga qarshi kaliforniya chuvalchangi zardobidan olingan dori preparatlari, neft-gaz sanoati chiqindisi bo‘lgan oltingugurt asosida avtomobil yo‘llari yo‘l chiziqlari uchun avtomobil yo‘l bo‘yoqlari, dag‘al junlarni kimyoviy va mexanik qayta ishlash orqali to‘qimachilik sanoati uchun sifatli mayin ip mahsulotlari forum ko‘rgazmasidan joy olgan. Ushbu taqdimot omma e’tiborini tortayotganini esa e’tirof o‘tmoq lozim.

Surxontongi.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shaffoflik kuchaymoqda

O‘zbekistonda aholini favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish tizimi kengaytirilib,...

Yangi maqom va mukofotlar

O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish...

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....
KunTun
KunTun