Surxondaryo viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Date:

Oripov Anvar Xomitovich Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U 1985-yil Termiz shahrida tug‘ilgan. 2007-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan, shuningdek, 2007-2010-yillarda Buyuk Britaniyaning London shahri Pimliko akademiyasi ingliz tili kurslari tinglovchisi. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

A.Oripov mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bosh mutaxassisi, Surxondaryo viloyati Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshlig‘i, “O‘zagroeksport” AJ boshqarma boshlig‘i, Vazirlar Mahkamasida sho‘ba yetakchi mutaxassisi lavozimlarida mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2018-yildan buyon Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavoizimida faoliyat yuritayotgan edi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun