Muddatidan oldin…

Date:

Ozodlikni cheklash jazosi yetarlicha xulosa chiqarishga, saboq olishga va xatolarni tushunib yetishga xizmat qilishi uchun qo‘llaniladi. Xolbuki, hamma ham tuzalish yo‘liga o‘tavermaydi. Qayta va qayta jinoyatga qo‘l urib, o‘zi va yaqinlarini azobga qo‘yadi. Jamiyatda jinoyatchi tamg‘asi ostida yurishga mahkum bo‘lishadi. Termiz tuman Adliya bo‘limi tashabbusi bilan tuman Madaniyat markazida Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi, tuman Ichki ishlar bo‘limi, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius va boshqa mutasaddilar ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri va sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

Sayyor sud jarayonida tumandagi “Qizil hudud” toifasida turgan “Uchqizil” mahallasida yashovchi fuqarolar qonunchilik normalaridan xabardor qilindi. Ularning huquqiy ongini yuksaltirish, xususan firibgarlik jinoyatlarining oldini olish va ayollarni tazyiq, zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha huquqiy targ‘ibot-tashviqot, tushuntirish ishlari olib borildi hamda huquqiy maslahatlar berildi.
Shuningdek, tadbir so‘ngida 3 nafar sudlanuvchi o‘zlarini yaxshi tutgani, qilmishidan pushaymonligi inobatga olinib, ularga nisbatan tayinlangan jazo turini muddatidan oldin olib tashlash bo‘yicha qaror qilindi. Umid qilamizki, ular bu imkoniyatdan foydalanib, hayotlarida yangi sahifa ochib, sog‘lom fikr va sog‘lom ong ila qarorlar qabul qilishadi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun