Boysunda Navro‘z…

Date:

Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat, qadr-qimmat ayyomidir. Bu bayram chinakam xalq bayrami, milliy o‘zligimiz ko‘zgusi, ma’naviy va madaniy hayotimizning ajralmas qismi ekani bilan qadrli, qimmatli. Shuning uchun ham Navro‘zni pok niyat va ezgu umidlar ila kutib olamiz, o‘ziga xos va mos tarzda nishonlaymiz. Har bir tumanda Navro‘z ayyomi ko‘tarinki ruhda kutib olinayotir.

Ana shunday bayram sadolari erta tongdan Boysun tumanida boshlandi. Yam-yashil dalalar va gullagan bog‘larda, maydon va xiyobonlarda, qishloq va ovullarda, mahalla va ko‘chalarda Navro‘zning dilbar taronalari – Yangi kun navolari yangradi.

Qir-adirlarda mard o‘g‘lonlarimiz ko‘pkari chopib, uloq ayirishga kirishgan bo‘lsa, alplar or uchun kurash tushmoqda. Keksa-yu yosh sumalak to‘la qozonlar atrofida o‘yin-kulgular qilib, bahor ne’matlari va bayram quvonchini o‘zaro baham ko‘rmoqdalar. Zero, Navro‘zi olamning mazmun-mohiyatida insonni ulug‘lash, uning qadri, izzat-hurmatini joyiga qo‘yish kabi ezgu fazilatlar mujassamdir.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 21-mart – Xalqaro Navro‘z kuni deb e’lon qilinib, u YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilganidan ham ushbu sananing jahon miqyosida keng nishonlanishi uning xalqaro nufuzi va ahamiyati tobora yuksalib borayotganidan dalolat beradi.

Asosiy bayram tadbirlari bo‘ladigan hududda ajib milliy hunarmandchilik, milliy taomlar ko‘rgazmasi ham tashkil etilganki, saylga kelgan borki bahor nafasini, Navro‘zi olam shukuhini his etadi. Haqiqatan bahor, Navro‘z ayni Boysundan boshlanishiga amin bo‘ladi. Ayniqsa, azim poytaxtdan tashrif buyurgan el suygan xonandalarning chiqishlari, xonishlari boysunliklar uchun kutilmagan tuhfa bo‘ldi. Barcha sho‘x va diltortar navolarga raqsga tushib, ayyomni munosib nishonlayotir.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi loyiha — yangi imkoniyatlar

Oltinsoy tumanida qishloq xo‘jaligiga innovatsion va energiya tejamkor texnologiyalarni...

21 yoshdan turmush qursa…

Prezident farmoniga ko‘ra, 2027-yildan boshlab har ikkala tomon kamida...

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...
KunTun
KunTun