Marafondan “sumalak party”gacha…

Date:

Bahor go‘zallikni, bayramlar-u sayllarni boshlab keladi. Bu bilan qalblarga o‘zgacha shukuh, kayfiyat baxsh etadi. Bahorning boshlanishi bir bayram bo‘lsa, ayollar kuni, Navro‘zi olamning kelishi bir-biriga ulanadi-da, har kunimiz bir ayyomga, har onimiz yangi kun — Navro‘zga aylanadi. Mana shunday qutlug‘ ayyom kunlarida esa Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari va volontyor talabalar tashabbus bilan chiqdilar. Ular shahrimiz bo‘ylab o‘tkazilgan “Xavfsiz hayot uchun” yugurish marafonini tashkil etib, voha yoshlarini birlikka chorladilar.
Barcha ko‘ngilli yigit-qiz borki, sog‘lom turmush tarzi uchun ona tabiat qo‘ynida yugurdi. Birgalikdagi yugurish marafoni qizg‘in tus oldi. Unda sportning uzoq masofaga yugurish turi bo‘yicha Sport faoliyati va boshqaruv fakulteti talabalari yetakchilikni qo‘ldan boy berishmadi. Talaba Muhammadqodir Soatov start chizig‘iga birinchilardan bo‘lib yetib keldi va g‘oliblikka da’vogarlik qildi. Shundan so‘ng, Otabek Fayzullayev, Aliakbar Alinazarovlar ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni zabt etishdi.
Marafondan so‘ng, barcha O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati kengashi tomonidan tashkillashtirilgan “Yangi O‘zbekistonda yangicha Navro‘z” tadbiri doirasida bo‘lib o‘tgan hasharda faollik ko‘rsatishgan bo‘lishsa, “sumalak party”da munosib tarzda ishtirok etishdi.
Shijoatkor va san’atkor yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy- qo‘shiqlar, bir-biridan qiziqarli o‘yinlar Termiz shahridagi Yoshlar markazida yig‘ilgan barcha mehmonlarning xursandchiligiga, so‘ngsiz olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun