Sahnada oqqush misol…

Date:

Gimnastika — eng nafis, eng go‘zal sport turi deyish mumkin. Bolalik yoshdanoq shug‘ullanish boshlanadigan ushbu sport turi tanani sog‘lom qilish, chiniqtirish bilan birga qomatni raso qilib, harakatlar nafis bo‘lishiga ham hissa qo‘shadi. Gimnastika jarayonini, mashg‘ulotlarni kuzatish esa ajib san’atdan bahramand bo‘lishdek gap. Jarqo‘rg‘on tumani “Mehnat rohat” mahallasida joylashgan 25-sonli IDUMda 8-mart — Xalqaro ayollar bayrami” munosabati bilan sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha maktablararo musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa nafaqat ishtirokchilar, balki tomoshabinlar uchun ham qiziqarli, olam-olam taassurotlarga boy bo‘ldi. Oqqush misol sahnaga chiqib, o‘z chiqishlarini taqdim etayotgan jajji gimnastikachilarning yuz-ko‘zida o‘ziga bo‘lgan ishonch ifodasi mujassam. Ular qilayotgan harakatlar ham ana shunday his-tuyg‘ularni to‘ldirib, bir butunlik hosil etgandek jozibali va nafislik kasb etgan. Albatta, har bir chiqish bayram sababchlari uchun o‘ziga xos tuhfa bo‘ldi va barchada bayram shukuhini uyg‘ota oldi.
Iqtidorlar esa hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi va musobaqa so‘nggida g‘oliblar rag‘batlantirildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun