O‘ziga xos tuhfa

Date:

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami. Bu bayram yosh-u keksa, sog‘-u betob bo‘lmasin, barcha-barcha ayollarimiz uchun birdek xursandchilik, shodlik ulasha olishi lozim. Hech bir ayol ko‘ngli ushbu sanada kemtiklik sezmasligiga ahd qilgan mard o‘g‘lonlar, akalar, ukalar, yaqinlar tashabbus ko‘rsatib, kutilmagan sovg‘alar, samimiy va ezgu tilaklar guldastasini yog‘dirib, tabiatning nozik xilqat vakilalarini shod etayotganlari rost.
Qiziriq tuman hokimi tashabbusi bilan esa kam taʼminlangan, yotib qolgan mehnat faxriylari, nuroniylar onaxonlar, homilador ayollar ham e’tibordan chetda qolmadi. Ayni ular uchun tibbiy ko‘rik tashkil etilgani-da o‘ziga xos tuhfa deyish mumkin. Bayram oldi xotin-qizlar tekshiruvlardan o‘tib, malakali shifokorlardan zarur maslahat va muolajalar ham olishdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xizmat — oflayn, o‘qish — onlayn

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar...

Munosib voris aniq

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika maqola va insholar tanlovi mamlakatimiz...

Yoshlar tashabbusi amalda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-sonli qarori asosida Uyas...

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...
KunTun
KunTun