“Yunon afsonalari” spektakli

Date:

Yunon afsonalari haqida eshitgansiz, bu boradagi kino va filmlarni maroq bilan tomosha qilgansiz. Bunday afsonalar insonni jasurlikka, mardlikka, to‘g‘ri so‘zlikka chorlaydi. Jasorat qilishga undaydi. Oddiygina Gerkulesning qahramonliklari, Yeson va uning argonaftlari boshidan kechirgan sarguzashtlar sizni ham ekranga mixlab qo‘ygani aniq. Ana shunday afsona va asotirlar dunyoda doimo yaxshilik g‘alaba qozonishiga umid va ishonch uyg‘otadi.
Termiz davlat universitetida “Yunon afsonalari” deb nomlangan spektakl ham ana shunday olam-olam taassurotlarga boy bo‘ldi. Ahamiyatlisi esa sahna tomoshalarini universitetning rus va qardosh tillari fakulteti talabalari sahnalashtirdi. Albatta, yosh havaskorlarning chiqishlari ba’zi kamchiliklardan holi emasdir, ammo ularning harakat va izlanishlari, mehnatlari besamar ketmadi. Spektaklni tomoshabinlar maroq va zavq ila tomosha qildilar.
So‘ngda esa spektaklda har bir obrazni mahorat bilan ijro etgan talaba-yoshlar diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Hilol

Oldingi sahifaOdobsizga odob darsi…
Keyingi sahifaViloyat bosqichi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun