“Muzeyda tun”

Date:

Arxeologik qazishma ishlarida bevosita ishtirok etib, biror davrga taalluqli topilma topib olsangiz, o‘zingizni qanday his etar edingiz? Albatta, sohaga qiziqishingiz ortib, ishingizga mehringiz tushishi, yanada zavq va shavq ila qazishma ishlariga kirishib ketishingiz aniq. 2022-yil 27-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-261-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz arxeologiya muzeyida “Muzeyda tun”, “Open Air Fest” ko‘ngilochar madaniy-ma’rifiy tadbirlari orqali ishtirokchilar ana shunday taassurotlar olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tadbirga mahalliy aholi, oliy ta’lim muasassalari talabalari, maktab o‘quvchi-yoshlari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. Tabdir davomida tashrif buyurganlar muzeyni tunda sayr qilishdi, “master klass” ko‘rinishida tayyorlangan maxsus yasama hududda esa ko‘ngillilar arxeologik qazishma o‘tkazishdi. Tadbirlar qiziqarli va savol-javoblarga boy o‘tdi.
Qolaversa, yosh dizaynerlarning “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasida “Libos ma’naviyat ko‘zgusi” nomli surxon vohasi ayollari kiyimlari ko‘rgazmasi va turli ko‘ngilochar madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konsert dasturlari hamda usta-hunarmandlarning mahorat darslari ham tashkil etildi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun