Bahoriy kayfiyat ulashib…

Date:

Ayol jamiyat gultoji. U mehribon ona, g‘amxo‘r rafiqa, opa va singil bo‘lib hayotimizda o‘z o‘rniga ega. Jamiyatda esa erkaklar bilan yelkama-yelka turib mehnat qilib, yutuq va muvaffaqiyatga erishib kelayotgani bilan alqashga, e’tirof etishga arziydi. Sariosiyo tumanidagi Sarvarbek muhtasham tantanalar saroyida yurtimiz ravnaqini yuksaltirishda tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, davlat va jamoat ishlarida faol bo‘lgan turli sohada faoliyat yurituvchi xotin-qizlar hamda onaxonlar taklif etildi va ular uchu 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Aytish kerakki, bayram sababchilarining quvonchi cheksiz, yuz-ko‘zlarida, aytayotgan so‘zlarida ana shunday baxt va xursandchilik tuyg‘ularini sezish mumkin. Bahor gullari kabi gulgun ochilib turgan ayollarni Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev so‘zga chiqib, samimiy qutladi va eng ezgu tilaklarni bildirdi. Shundan so‘ng, tadbirning badiiy qismi boshlandi.
Tuman madaniyat markazi san’atkorlari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi barchaga ko‘tarinki ruh ulashgan bo‘lsa, tadbirga tashrif buyurgan estrada xonandasi Sharof Muqimov o‘zining sho‘x taronalari bilan barchani raqsga chorladi.

S.Murodova

Oldingi sahifaViloyat bosqichi…
Keyingi sahifa“Muzeyda tun”

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun