Xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida g‘olib

Date:

Ilm yo‘li mashaqqatli va ulug‘ yo‘ldir. Olimlikni da’vo qilganlar buning mashaqqatini, qiyinchiligi-yu zahmatlarini boshdan kechirib, yangi bir chashma ochgandek, ko‘plarni shu chashmadan bahramand qiladi. Bugungi kunda bu yo‘lni sharaf bilganlar, izlanishlar olib borib, yuqori marralarni ko‘zlab va unga erishayotgan yoshlar ko‘plab topiladi. Termiz davlat universiteti magistranti, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Izzat Tolipov ham ana shunday yoshlardan.
U Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida o‘tkazilgan “Eng yaxshi ilmiy tadqiqotchi” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida ishtirok etdi. To‘g‘ri, g‘oliblik uchun unchalik ham umid bog‘lamagandir, ammo taqdim etgan ishi, mehnati e’tirof etishga arzigulik bo‘ldi. Va “Scientific Academy” ilmiy tadqiqotlar markazi tomonidan g‘olib deb topilib, “Ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni va sertifikat bilan taqdirlandi.

Hilola Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shaffoflik kuchaymoqda

O‘zbekistonda aholini favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish tizimi kengaytirilib,...

Yangi maqom va mukofotlar

O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish...

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....
KunTun
KunTun