Muzokara olib borildi

Date:

Quyoshli yurtning imkoniyatlaridan foydalanib, elektr energiyasiga aylantirish aholi uchun katta qulaylik yaratadi. Xalq manfaatini ko‘zlagan davlatimizda esa bu boradagi ishlar amalda allaqachon boshlab yuborilgan. Shu maqsadda Boysun tumani hokimi B.Shukurov Turkiyaning Sistronik Sistem kompaniyasi ishtirokida quyosh panellari va quyosh nurlanishini elektr energiyasiga aylantirishga xizmat qiladigan muhandislik tuzilmasi yuzasidan muzokara olib bordi.
Ushbu nufuzli kompaniya muhandislik dizayni xizmatlarini, loyihalarni rejalashtirish va 0,4 kv-500 kv oralig‘idagi yuqori voltli loyihalar uchun kommutatorlar, elektr uzatish liniyalari, tarqatish markazlari kabi amaliy yechimlarni ishlab chiqish, bundan tashqari, ushbu obyektlarda dizayn, yetkazib berish, o‘rnatish, sinovdan o‘tkazish va ishga tushirishni birlashtirgan tizimli yondashuv yordamida tizim integratsiyasini ta’minlaydi.
Kompaniyaning Yevropa, Amerika va Rossiya standartlarini mukammal biladigan xodimlari xizmati evaziga loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun