“Yo‘l qoidasi – umr foydasi”

Date:

Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabi yodimizdan ko‘tarilmaydi. Tez-tez qulog‘imizga chalinadigan yo‘l transport hodisalari haqida eshitganimizda “qaniydi, bu borada yoshligimizdan tushuntirilib, yo‘l qoidalari o‘rgatilsa”, deyishimiz aniq. Yaponiyada bog‘cha yoshidan yo‘l qoidalari o‘rgatiladiki, har bir yaponiyalikning yo‘llardan foydalanishi madaniyat, qat’iy amal qiladigan qoida tusini olgan. Demak, bunday tartibni o‘zimizda ham joriy etsak, hech bo‘lmasa, kelgusida yoshlarimizning hayotidagi ko‘ngilsizliklarning oldini olgan bo‘larmidik.
Sherobod tumanida tashkil etilgan o‘quv amaliy seminarda tuman MTB mudirlari, MTB mas’ul xodimlari, tumandagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari, tashkilot metodistlari hamda tarbiyachi va boshqa pedagog xodimlar ishtirok etdi.
Seminar noan’anaviy tarzda “Yo‘l qoidasi – umr foydasi” shiori ostida “Haydovchi va piyoda” mavzusidagi o‘quv amaliy mashg‘uloti bilan boshlandi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilar ushbu amaliy seminardan o‘zlari uchun ko‘plab yangiliklar olganini e’tirof etishdi. Bundan buyon yo‘l qoidalari bog‘chadayoq tushuntirilib, yo‘lovchi va haydovchilarning yo‘llarda harakatlanish tartibi, madaniyati singdirilishiga kelishib olindi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

An’ana va zamonaviy uyg‘unlikda

Yoshlar ishlari agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi majlislar zalida Respublika...

Kinelogiya xizmati sinovda

Surxondaryo viloyatida jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan kinologiya...

Yoshlar sport va birdamlik maydonida

Termiz shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “DXX kubogi – 2026”...

Yoshlar festivali — milliy qadriyatlar va iste’dodlar tantanasi

Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskanida Payshanba — “Yoshlar...
KunTun
KunTun