E’tirofga munosib rag‘bat

Date:

Xalqimizning ma’naviyati, tafakkuri milliy san’atimiz va madaniyatimiz bilan bevosita bog‘liqdir. Mamlakatimizda san’atimizni yanada ravnaq toptirish, shu sohada faoliyat olib borayotganlarini rag‘batlantirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda ustoz-san’atkorlar mehnatini qadrlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish muvaffaqiyatlari, mehnatlari uchun berilgan yuksak baho deyish mumkin.

Binobarin, Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Eng yaxshi madaniyat tashkiloti” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Mazkur tanlovda Surxondaryo viloyati Sherobod tumani 8-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi “Eng yaxshi madaniyat tashkiloti” deya e’tirof etildi. E’tirofga munosib rag‘bat esa “Damas” avtomobili bo‘ldi. Ushbu avtomobilni maktab ma’muriyatiga topshirish marosimi katta tantanaga aylanib ketdi.
Qolaversa, mutasaddilar tomonidan maktabda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar koʻzdan kechirilib, dars oʻtish jarayonlari, tashkil etilgan havaskorlik jamoalari faoliyati, oʻquv metodikasi yuzasidan tajribalar almashildi.

Nigora Saidova,
Sherobod tumanidagi 8-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Face-ID qo‘llaniladi

Pensiyani naqd shaklda oluvchilar endilikda biometrik identifikatsiya (Face-ID)dan o‘tib,...

Terim qizg‘in pallada

Surxondaryo dalalarida hozir paxta yig‘im-terimi ishlari qizg‘in davom etmoqda....

Chempion tantanali kutib olindi

Hindistonda “Penchak silat” sport turi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib...

Yangi MTT oʻz faoliyatini boshladi

Sariosiyo tumanida bolalar ta’lim-tarbiyasi uchun yana bir qulay maskan...
KunTun
KunTun