Muddatidan oldin ozod qilindi

Date:

O‘zbek mehr-oqibatli, kechirimli xalq. Doimo xatolarni kechirib, to‘g‘ri yo‘lga boshlashdan erinmaymiz. Ana shunday insoniylik hislatlari qon-qonimizga, jon-jonimizga singib ketgan. Bunday jihatlarimizni nafaqat o‘zaro munosabatlarimizda, balki hayotimiz davomida odilona va oqilona siyosatimizga, qonunlarimizga ham singdirishga erishganmizki, bu xalqimizni, ba’zi hayotida adashgan insonlarning to‘g‘ri yo‘lni tanlashlarida katta saboq bo‘lib kelmoqda.
Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlisida ham ana shunday kechirimlilik va bag‘rikenglik jihatlari ustuvor bo‘ldi. Probatsiya guruhi hisobida turib, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan, tuzalish yo‘liga o‘tgan, o‘rnatilgan tartib-qoidalariga qatʼiy rioya qilgan olti nafar mahkum jazo o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.
Sayyor sud majlisida raislik qiluvchi tomonidan mahkumlarga ularning huquq va majburiyatlari, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlash oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi ko‘prik — katta qulaylik

Qumqo‘rg‘on tumanining “Achamoyli” mahallasi aholisi uchun quvonchli kun bo‘ldi....

Yosh mahkumlar uchun yangi yo‘l

O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 18–30 yoshdagi...

Tabiatning jonli merosi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat...

 “Men kuchli ayolman”

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining joriy yil 30-yanvardagi 06/1-525-sonli topshirig‘iga...
KunTun
KunTun