Ko‘chatchilik yo‘lga qo‘yiladi

Date:

Termiz shahrini suv bilan taʼminlovchi inshoot hududi kattagina maydonni tashkil etadi. Ayni paytda kaftdekkina yeridan ham mo‘l-ko‘l hosil olib, yaxshigina daromad ko‘rilayotgan bir paytda afsuski, bu maydondan foydalanilmayotgani ayanchli. Qolaversa, hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham olib borilmagan. Aslida inson qadami yetgan joy gul-u bo‘ston bo‘lishi, obod manzilga aylanishi lozim. Ana shundagina qut-baraka, fayz bo‘ladi. Inshoot mas’ullari va xodimlari esa e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yishgani, yer maydonlaridan unumli foydalanmaytgani isrofgarchilikdan boshqa narsa emas.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrini ichimlik suvi bilan taʼminlovchi inshoot hududini ko‘zdan kechirar ekan, ko‘zga tashlangan mana shunday holatni qattiq tanqid ostiga oldi. Masʼullarga 10 kun muddatda hududni to‘liq obodonlashtirish, tozalash, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazifalar yukladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi ko‘prik — katta qulaylik

Qumqo‘rg‘on tumanining “Achamoyli” mahallasi aholisi uchun quvonchli kun bo‘ldi....

Yosh mahkumlar uchun yangi yo‘l

O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 18–30 yoshdagi...

Tabiatning jonli merosi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat...

 “Men kuchli ayolman”

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining joriy yil 30-yanvardagi 06/1-525-sonli topshirig‘iga...
KunTun
KunTun