TerDUga xalqaro hamkorlar kelishdi

Date:

Termiz davlat universiteti viloyatimizdagi otaxon oliygohlardan sanaladi. Ushbu oliygoh ilmiy salohiyati, talaba-yoshlarining iqtidor va bilimlari bilan doimo ustunlik qilib keladi. Ayniqsa, universitetda xalqaro tajribalar, ko‘plab loyihalar amaliyotga joriy etilmoqdaki, bu talabalarning kelgusi hayotida, malakali kadr sifatida shakllanishida katta maktab vazifasini o‘tayapti.
Xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritguvchi professor va olimlarning aynan Termiz davlat universitetida talabalarga saboq berayotgani, soha sirlarini o‘rgatayotgani maqtanadigan holat bo‘lsa, tinib-tinchimas yoshlarning turli grant loyihalarida ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatini namoyon etib, xorij oliygohlarida o‘qishlarini davom ettirish imkoniga ega bo‘lishayotgani ikkinchi quvonarli holat deyish mumkin.
Ana shunday xalqaro hamkorlik ta’lim tizimidagi muvaffaqiyat garovidir. Termiz davlat universitetiga Yevrokommissiyadan Wim Riepma, hamkorlik bo‘limi boshlig‘i, birinchi maslahatchi hamda Thomas Huet, siyosiy masalalar bo‘yicha mutaxassis, PPI bo‘limi vakillarining tashrifi yana bir hamkorlikka debocha bo‘ldi.
Uchrashuv davomida mehmonlar oliygohdagi shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari bilan tanishdilar. Qolaversa, Termiz davlat universitetida olib borilayotgan 3 ta loyiha hisoboti hamda hozirgi kundagi global muammolarning yechimlari haqida muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor M. Xoshimxo‘jayeva ana shu loyihalarni taqdimot qilar ekan, universitetning kelgusida amalga oshirilajak loyihalar hamda uning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun